馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq xo始jaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati


Navoiy viloyatida tashkil etilgan ilm-fan va ishlab chiqarishning faol integratsiyalashuv jarayoni natijasida O`zR FA Navoiy bo始limi va "Elektrokimyozavod" QK 袗J hamkorligida yangi innovatsion preparatlar yaratildi.

Ma始lumotlarga qaraganda, qishloq xo始jaligi ekinlariga oziqa sifatida berilgan azotning - 20, fosforning - 20 va kaliyning – 40-50 foizigina o始simliklar tomonidan o始zlashtiriladi. 袗zotning bir qismi nitrit va nitrat sifatida havoga chiqib ketsa, bir qismi tuproqning pastki, ildiz yetmagan chuqurliklarga, yana bir qismi erozion jarayonlar natijasida tuproq bilan birga yuvilib ketadi. Kaliy ham to始liq o始zlashtirib ulgurmasidan gorizontal va vertikal holatda tuproqdan yuviladi. Berilgan fosforning o始simlik tomonidan kam o始zlashtirilishining sabablaridan biri uning tuproqqa tushgandan keyin o始zlashtiriladigan holatga qiyin o始tishidir hamda Markaziy Osiyo, xususan, O始zbekiston tuproqlari tarkibida karbonat ionlari miqdorining ko始p bo始lishidir.

Ushbu holatlar o始simlikka optimal ravishda kerak bo始lgan elementlarni yetkazib berishda salbiy ta始sir ko始rsatadi. Bu kamchilikni to始ldirish uchun o始simlikni bargidan qo始shimcha oziqlantirib, uning o始sishi, rivojlanishiga zamin yaratish orqali mo始l va sifatli hosil yetishtirish mumkin. Bunda ekinlarni bargidan oziqlantirish uchun suspenziya qo始llanilganda o始simlik oziqa moddalarini ildiz orqali emas, barg va poyalari orqali o始zlashtiradi. Bargga tushgan suspenziya o始simlik to始qimalariga so始rilib, ozuqa sifatida ishlanadi.

Keltirilgan jihatlarni hisobga olgan holda respublikamiz olimlari tomonidan o始simliklarni bargidan oziqlantirishda nisbatan to始liq o始zlashtiriladigan preparatlar ustida ko始pgina izlanishlar olib borilgan va o始z ijobiy natijasini berib kelmoqda.

Xuddi shunday preparatlar O`zR FA Navoiy bo始limi va “Elektrokimyozavod” QK 袗J hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqarilmoqda. Zavod hududida qishloq xo始jaligida ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda qo始llaniladigan kimyoviy preparatlarni hamkorlikda ishlab chiqarish maqsadida Navoiy bo始limining "Ishlab chiqarish poligoni" tashkil etilgan bo始lib, “KaliyUM”, “LGMK” pastasi, “GEKT袗R” kompleksi, “Elsmik” kabi stimulyatorlar, bentonitli oltingugurt va “SIP-70” suspenzion preparatlarini ishlab chiqarish yo始lga qo始yildi.

Makro, mikro, mezo elementlarga va bioorganik moddalarga boyitilgan “GEKT袗R” kompleks preparatlar to始plami barcha ekin turlariga qo始llanilishi mumkin bo始lgan kompleks bo始lib, to始plam tarkibida “KaliyUM” - universal mikroelementlar bilan boyitilgan kaliyli murakkab o始g始iti mavjud. Mikroelementlardan bor, temir, mis va molibdenlarni o始z ichiga olgan.

O始z navbatida o始simliklarga universal mikroelementlar bilan boyitilgan kaliyli murakkab o始g始it qo始llanilganda o始sish jarayoni tezlashadi hamda tashqi muhitning noqulay ta始siriga kurashuvchanligi kuchayadi, gullash va meva tugish jarayoni tezlashadi. Shu bilan birgalikda barcha qishloq xo始jaligi ekinlarining hosildorligining oshishini ta始minlaydi.

Kompleks tarkibiga kiruvchi yana bir preparat “LGMK” pastasi o始simliklarni ildiz tizimini, o始sish va rivojlanishini kuchaytiradi, mevalarni tezroq yetilib pishishi va hosildorlikni oshishiga yordam beradi, hosilning ta始m sifati, tashqi ko始rinishi va saqlanish muddati yaxshilanishini kafolatlaydi, tuproqdagi mikroorganizmlar hayotiy faoliyatini jadallashtirib, tuproqni sog始lomlashtirishga o始z hissasini qo始shadi.

Bundan tashqari, ushbu qo始shimcha tuproqning suv va havo muvozanatini yaxshilaydi, kimyoviy o始g始itlar miqdorini 20-30 foizgacha kamaytirish imkoniyatini bergan holda pestitsidlarning salbiy ta始sirini bartaraf etadi hamda o始simliklarda makro va mikro elementlarni mukammal o始zlashtirishini kuchaytiradi.

Fito-malham kompleks preparat tarkibiga kiruvchi asosiy komponentlardan hisoblanib, o始z navbatida u o始simlikni salbiy tashqi muhit sharoitida yashovchanlik qobiliyatini oshiribgina qolmay, ildiz tizimini o始sishi va rivojlanishini kuchaytiradi xamda kasalliklarga chidamlilik darajasini oshiradi.

Tarkibida makroelementlardan azot va kalsiy saqlovchi kalsiyli selitra kompleks preparatning yana bir asosiy tarkibiy qismiga kiradi. 袗zot nitrat holatida aminokislotalar, oqsil va xlorofill sintezi jarayonida qatnashib, barglarning umumiy rivojiga ta始sir ko始rsatsa, kalsiy esa suvda eruvchan shaklda o始simliklarning oziqlanishini ta始minlaydi, hosil sifatini oshiradi, yangi hujayralar paydo bo始lishini tezlashtirib, o始simliklarning tanasi va ildiz tizimini mustahkamlaydi.

2018-yil iyun oyida Qoraqalpog始iston Respublikasida sodir bo始lgan kuchli tuz bo始roni natijasida paxta dalalariga kuchli ziyon yetkazildi. Bo始ron nafaqat Qoraqalpog始iston Respublikasi, balki qo始shni Xorazm viloyati dalalariga ham salbiy ta始sir etdi.

Ushbu talofat oqibatlarini yumshatish maqsadida Xorazm viloyati paxta dalalarida Navoiy bo始limi olim va mutaxassislari tomonidan yaratilgan “GEKT袗R” kompleksi va “ElSMiK” preparatlaridan g始o始zani bargidan oziqlantirishda qo始llanildi va paxta hosili saqlab qolindi.

Shu yili Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “Omad va ishonch”, “Zarafshon mash始alasi”, “袗xmad Namoz”, “Gulsevar Hilola”, “Gulasal Javoxir”, “袗zim 袗li”, va “G始ardiyon tongi” fermer xo始jaliklarida jami 130 gektar, Xatirchi va Navbahor tumanlaridagi qator fermer xo始jaliklarining qariyb 160 ga paxta maydonlarida ikki marta “GEKT袗R” kompleksi preparati bilan bargidan oziqlantirish natijasida gektaridan o始rtacha 3,5-5,5 sentnergacha qo始shimcha hosil olishga erishildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati paxta dalalarida ham ushbu preparatlarni qo始llash bo始yicha tadqiqot ishlari o始tkazilib, hosildorlikni 20-25 foizga oshishiga erishildi.

Ushbu preparatlar mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqarilishi sababli narxi xorijiy analoglarga nisbatan bir necha barobar arzonligi va qishloq xo始jaligi sohalarida keng miqyosda foydalanish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va 100 dan ortiq yangi qo始shimcha ish o始rinlari yaratish imkonini beradi.

Shaxnoza Qodirova,

F袗 Navoiy bo始limi katta ilmiy xodimi,

qishloq xo始jaligi fanlari nomzodi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!