O始zR F袗 Bioorganik kimyo institutida O始zbekiston Respublikasi Qishloq xo始jalik vaziri va xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Institutda qishloq xo始jaligi yo始nalishidagi ishlanmalar, olimlar tomonidan yaratilgan preparatlar, ularning qo始llanilish sohalari, hozirgi holati va amaliyotga joriy etish uchun qanday muammolar mavjudligi haqida to始liq ma始lumotlar berildi.

Shuningdek, Institut xodimlari va vazirlik tomonidan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularning realizatsiyasini jadallashtirish maqsadida marketing sohasini jalb qilgan holda aniq rejalar tuzish va uni amalga oshirish bo始yicha fikr almashildi.