Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Sh.Jeenbekovning O‘zbekistonga 2017 yil dekabr oyidagi rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qirg‘iziston Milliy Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 2-may kuni Qirg‘iziston Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti M.S.Djumataev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni FA prezidenti B.S.Yuldashev, bosh ilmiy kotibi va vitse-prezidentlari kutib oldi hamda ikki davlat o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
Qirg‘iziston Milliy Fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrifi davom etadi.