Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foylanish sohasidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini yakunladi


2018-yil 26-sentabr kuni ham davom etgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: yangi tadqiqotlar, texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda respublikamizda faoliyat yuritayotgan “OFTOB-NUR”, “Mir-Solar”, “Techno future”, “StarSolar” va qator xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy quyosh texnologiyalari koʻrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar Katta Quyosh Sandoni noyob obyektiga tashrif buyurishdi va noyob obyekt faoliyati bilan tanishishdi.

  

Ilmiy-amaliy anjuman ishida AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina davlatlarning qator yetakchi xorijiy ilmiy markaz va ilmiy tekshirish institutlari olimlari, shuningdek, respublikamizda katta quvvatli fotoelektrik stansiyalar qurilishida ishtirok etayotgan «SkyPower Global» va«GRAAES INTERNATIONAL» kabi yirik investitsion korxonalar vakillari ham qatnashdilar.

Ilmiy-amaliy anjuman yakunida bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishning zamonaviy fundamental va amaliy masalalari, energiyani bir turdan boshqa turga oʻzgartirish jarayonlarini modellashtirish, ularning ekologik ahamiyati, sohadagi innovatsion texnologiyalar va OTMlarda soha mutaxassislarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash masalalari boʻyicha qator masalalar muhokama qilindi va taklif-mulohazalar atroflicha oʻrganib chiqildi va kelajakda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!