O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimlari Davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qarshi davlat universitetida “O‘zbekiston florasini o‘rganish yangi bosqichda” mavzusida ilmiy seminar o’tkazdi.
Qarshi davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lgan ushbu ilmiy-amaliy seminar qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etildi. O‘zbekiston florasini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar va laboratoriyada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quv yurtlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Seminar davomida O‘zbekiston florasining dolzarb masalalari hamda ilmiy izlanishlarning istiqbollari haqida bakalavr, magistratura bosqichi talabalariga va tadqiqotchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarda qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga Botanika instituti mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.