Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida tadbir o’tkazildi


2021-yil 14-oktabr kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamkorligida tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbirni FA Seysmologiya institutining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi D.Usmanova o‘zining “Ona tilim” she’ri bilan ochib berdi.

Tadbir tilshunos olim, lug‘atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan olim Olim Usmonni xotirlash bilan boshlandi va Institut ilmiy kotibi A.To‘ychiyev, f.-m.f.n., katta ilmiy xodim M.Usmonova so‘zga chiqdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, shoir Dilshod Rajab o‘zbek tilining nufuzi va hayotimizdagi o‘rni, til bilan bog‘liq qiziqarli xotiralar haqida so‘zlab berdi. Shoir bilan uchrashuv sermazmun va qiziqarli tarzda kechdi.

Shundan so‘ng, Fanlar akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi O. Azizova - “Davlat tilida ish yuritish” kitobi taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbir so‘ngida Institut direktor o‘rinbosari V.Ismailov so‘zga chiqib, tilga bo‘lgan e’tibor va muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, tadbir qatnashchilariga minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir barcha ishtirokchilar uchun ajoyib va iliq muhitda hamda taassurotlarga, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!