Har bir millat o始z ona tili bilan mustaqil va tirikdir. Davlatimiz Rahbari tomonidan o始zbek tilining nufuzini oshirish borasida jonkuyarlik bilan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish ham har bir vatanparvarning ulkan mas始uliyati hisoblanadi. Zero, yurtboshimiz ta始kidlaganidek, kimda-kim o始zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta始sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo始lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o始lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo始shiqlariga quloq tutsin. Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo始lgan o始zbek tilining tarixi xalqimizning ko始p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g始alabalari bilan chambarchas bog始liqdir. Bugungi kunda olib borilayotgan mana shunday ulkan islohotlarda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ham ishtiroki bizni quvontiradi.
2019-yil 21-oktyabr kuni imzolangan “O始zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi Farmoniga asosan “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi ulkan tarixiy voqea bo始ldi. Farmonga ko始ra ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid ko始plab masalalar qatorida alohida tuzilma – Vazirlar Mahkamasining Ma始naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil qilindi. Bugungi kunda departament davlat tili to始g始risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib kelmoqda.
Shuningdek, O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarorining qabul qilinishi hamda unda belgilangan vazifalarni bajarishda davlat boshqaruvi organlari, xo始jalik birlashmalari, shuningdek Qoraqalpog始iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman, shahar hokimliklari tuzilmalarida, rahbarning ma始naviy-ma始rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to始g始risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta始minlash masalalari bo始yicha maslahatchi lavozimi joriy qilindi. Bu esa, mazkur lavozimga tayinlangan xodimlar zimmasiga tashkilot va muassasalarda davlat tiliga oid qonun hujjatlari, dasturlar, “yo始l xaritalari”ning ijrosini ta始minlash, sohada mavjud muammolarni bartaraf etish kabi ko始plab vazifalarni yukladi.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ham rahbarning ma始naviy-ma始rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to始g始risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta始minlash masalalari bo始yicha maslahatchi lavozimida bir nafar xodim boshqaruv apparatiga tayinlangan bo始lsa, har bir tizim ilmiy tashkilotlariga (jami o始ttiz nafar) xodim ushbu lavozimiga biriktirildi.
O始zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami arafasida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizim ilmiy tashkilotlarining maslahatchilari o始rtasida “Qadring baland bo始lsin, ona tilim” shiori ostida tanlov e始lon qilindi. Tanlov akademiyaning ichki buyrug始i bilan tasdiqlangan tashkiliy qo始mita tomnidan ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida tashkil etildi. Joriy yilning 20-oktyabr kuni esa tanlov natijalari e始lon qilinib, g始oliblarni taqdirlash marosimi o始tkazildi. Shuningdek, shu kuni Fanlar akademiyasi hamda ma始naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan 2020-2021 yillardan nashr etilgan besh nomdagi kitoblarning taqdimoti ham o始tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga ushbu kitoblar sovg始a tariqasida tarqatildi.


Rahbarning ma始naviy-ma始rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to始g始risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta始minlash masalalari bo始yicha maslahatchisining zimmasiga yuklangan vazifalarning to始laqonli bajarilishi ularning o始z sa始y-harakatlariga bog始liq. Zotan, bugungi tadbir – taqdirlash marosimidan ko始zlangan va kutilgan natija ham aslida shu edi. Zero, o始zbek xalqi, O始zbekiston va o始zbek tili tom ma始noda bir butunlikni kasb etadi. Bayramingiz muborak bo始lsin!