馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qadimgi Koson tarixi: Mug始tepa va Mug始qal始a


Qadimiy Koson shahri 2000 yildan ko始proq tarixga ega bo始lib, u uzoq o始tmishda Farg始ona vodiysida o始ziga xos xususiyatga ega ko始hna shaharlardan biri bo始lgan. O始zR F袗 袗rxeologiya instituti (hozirda Milliy arxeologiya markazi)ning 袗xsikent ekspeditsiyasi olib borgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ma始lum bo始ldiki, Kosonsoy havzasidagi eng qulay yerlar shu davrda o始zlashtirilib, dehqonchilik qilingan. Kosonsoy havzasining o始rta va quyi oqimlarida miloddan avvalgi X-IX asrlardan boshlab, sun始iy sug始orib dehqonchilik qilish intensiv yo始lga qo始yilgan. 袗nchagina yerlar o始zlashtirilgan va keyinchalik, miloddan avvalgi III-II asrlarga kelib Kosonsoy havzasining yuqori qismida dehqonlar yashaydigan qarorgohlar paydo bo始lgan.

XII asrda esa Koson Qoraxoniylar saltanatining poytaxt shaharlaridan biriga aylangan. Bu yerda Qoraxoniylar davlatining xazina-xonalaridan biri joylashgan bo始lib, tanga pullar zarb qilingan. Temur va temuriylar davrida hamda so始nggi o始rta asrlarda Koson, ya始ni Kosonsoy shahri shimoliy Farg始onaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo始lgan.

  

 

Miloddan avvalgi I asrda Kosonsoyning chap sohilida strategik jihatdan qulay tabiiy tepalikda, ya始ni hozirgi Mug始tepa (Mug始qal始a) arxeologiya yodgorligi o始rnida qadimgi Koson shahriga asos solingan. U qadimgi Farg始ona podsholarining yozgi qarorgohi sifatida tarix solnomalariga kirgan.

Eramizning VI asridan arablar istilosigacha Koson shahri Turk xoqonligining ishonchli vakillari tomonidan idora etilgan. Ushbu davrga doir shahar arki va qal始aning salobatli mudofaa devorlarining qoldiqlari saqlanib qolgan. Shaharda kulolchilik, amaliy san始at va hunarmandchilik yuksak darajaga yetgan.

IX–X asrlarga kelib shahar o始zining avvalgi siyosiy mavqeini yo始qota boshlagan. So始ngra u hozirgi Kosonsoy shahrining o始rniga ko始chgan hamda Kosonsoy vohasining iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Bu haqda qadimiy Xitoy manbalarida, jumladan, sayyoh va olimlar Chjan Syan, Syuan Szan, arab tarixshunoslari Yaqubiy, Istahriy, Maqdisiy, Ibn Xurdodbek, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida, shuningdek, XVI asrda yashagan tarixchi olim Muhammad Ibn Vali Kosoniy, keyinchalik taniqli tarixshunos va sharqshunos olimlar N.Y.Bichurin, M.S.袗ndreyev, V.V.Bartold, 袗.N.Bershntam, N.袗.Latinin, Y.袗.Zadneprovskiy, 袗.袗norboyev asarlarida ma始lumotlar mavjud.

Birinchi bo始lib Koson (Mug始tepa) vayronalarini 1895-yilda N.Sherbina-Kramarenko kelib ko始rdi. U o始z hisobotida boy arxeologik qimmatga ega bo始lgan materiallar olish mumkinligini qayd etgan. Kosondagi ilmiy izlanishlarni 1946-yilda 袗.N.Bershntam davom ettirgan. Olimning fikricha, shaharda madaniy qatlamlar balandligi 10 metrni tashkil etadi. Mug始tepaning sakkizta joyida ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. 袗.N.Bernshtam Koson eramizdan avvalgi davrdagi harbiy istehkom, madaniy markaz shahar poytaxti bo始lgan, degan xulosaga keldi.

Mug始tepa va Mug始qal始a yodgorliklarini o始rganish 1951-1983-yillarda Y.袗.Zadneprovskiy tomonidan olib borildi. Olim o始z ilmiy izlanishlarida shahar madaniy qatlamlarining eramizdan avvalgi II-I asrlar davrini, ya始ni antik davrini o始rgandi. Qazish ishlari natijasida qadimgi shaharning minorasi qisman ochildi. Y.袗.Zadneprovskiy Koson shahri eramizdan avvalgi Davan podsholigining poytaxti bo始lgan va u IV-VII asrlarda Farg始ona davlatining markazi hisoblangan, degan fikrni olg始a surdi.

Hozirgi kunda Kosonsoy shahrida Mug始qal始a arxeologik yodgorligidan tashqari IX–XVII asrlarda yaratilgan Shayx Sulton Jaloliddin Somoniyning G始o始zapoya mozor masjidi majmui, Jome始 masjidi, Sadpiri Komil masjidi, Gungalak yer osti hammomi, Yusupxon Eshon maqbarasi va boshqa bir qator me始moriy obidalar mavjud. Xulosa qilib aytganda, Koson-Kosonsoy shahri Farg始ona vodiysining shimoliy–sharqida joylashgan, xalq amaliy san始ati, me始morchiligi, hunarmandchiligiga ega bo始lgan madaniyat maskani va Buyuk ipak yo始lidagi qadimiy shahar sifatida o始zbek xalqi tarixida munosib o始rin egallagan.

Tarixiy yozma manbalar va olib borilayotgan arxeologik ilmiy qazilmalar natijasi shuni ko始rsatadiki, Kosonsoy Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 袗xsikent, Termiz, Toshkent kabi ko始hna shaharlari qatorida O始zbekistonda davlatchilik asoslarining rivojlanishida hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etgan. Qadimiy Koson shahri eramizdan oldingi II asr o始rtalarida tog始oldi hamda vodiy dehqonlari o始rtasidagi aloqa markazi, Farg始ona vodiysida hukmronlik qilgan Davan podsholigi, buyuk Kushonlar saltanati, turk xoqonligi, Somoniylar, G始aznaviylar, Qoraxoniylar saltanatida poytaxt, harbiy-siyosiy markaz, ilm-fan, hunarmandchilik, savdo, tijorat ishlari taraqqiy etgan iqtisodiy shahar maqomiga ega bo始lgan. Xulosa qilib aytganda, milodiy eradan avvalgi II-I asrlarda Kosonsoy havzasining qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati asosida paydo bo始lgan Koson-Kosonsoy shahri 2100-2200 yillik uzluksiz tarixga egadir.

Demak, ushbu yodgorlik atrofida ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, qayta ilmiy tadqiqot ishlarini o始tkazishda yosh arxeolog tadqiqotchilarni jalb etish, Respublika miqiyosidagi ichki va tashqi sayohlik yo始nalishlarini ochish hamda xizmatini yo始lga qo始yish maqsadga muvofiq bo始ladi.

Koson shahrining tiklangan ko始rinishi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!