Professor 袗bdujabbar 袗bduraxmanov 1946-yil 9-sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U O始zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida 50 yilga yaqin ilmiy faoliyat olib borgan. 袗. 袗bduraxmanov 1977-yilda texnika fanlari nomzodi va 1992-yilda texnika fanlari doktori dissertatsiyasini yoqladi. Uning 164 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan bo始lib, shulardan 45 tasi chet el jurnallarida bosmadan chiqdi, u 8 ta patentlar muallifi.
Professor A.袗bduraxmanov 1987-yildan boshlab Katta Quyosh Qurilmasi optik energetik parametrlarini oshirish borasida nur qaytaruvchi ko始zgularni sozlash usullarini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, u ko始zgular sifatini nazorat qilish imkonini beruvchi stendlar yaratish bilan shug始ullandi.

Uning bevosita rahbarligida Katta Quyosh Qurilmasi energetik imkoniyatlariga mos holda materiallar eritish va sintez qilish imkoniga ega bo始lgan texnologik qurilmalari yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida olingan keramik materiallar respublikamiz sanoat korxonalarida foydalanilmoqda.
袗. 袗bduraxmonov direktorlik faoliyati davrida Materialshunoslik institutini rivojiga katta hissa qo始shdi. Uning rahbarligida Misr, Hindiston, 袗merika, Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi xorijiy davlatlardagi ilmiy tadqiqot markazlari va korxonalari bilan aloqalar o始rnatildi. Shu bilan birga Institut ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan quvvati 1,5 kilovatt bo始lgan kichik Quyosh qurilmasi Hindiston davlatidagi Xaydarobod kukun metallurgiya instituti va Misrning Qohira shahrida joylashgan Tabbin metallurgiya institutiga o始rnatildi.
Uning bevosita rahbarligida Katta Quyosh Qurilmasi energetik imkoniyatlariga mos holda materiallar eritish va sintez qilish imkoniga ega bo始lgan texnologik qurilmalar yaratildi. Ushbu qurilmalar asosida olingan materiallar negizida Materialshunoslik institutida respublika korxonalari buyurtmalari asosida turli keramik mahsulot chiqaruvchi keramika sexi yaratildi. Ishlab chiqilgan keramik materiallar asosida neft va gaz sanoati uchun qo始llanuvchi keramik po始kaklar, gazni tozalashda qo始llanuvchi adsorberlar, filtrlar ishlab chiqarish yo始lga qo始yildi.
Professor A.袗bduraxmanov rahbarligi va bevosita ishtirokida Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida mavjud bo始lgan Katta Quyosh Sandonining optik va energetik holati yaxshilandi va jahonda mavjud bo始lgan Quyosh Pechlaridan qolishmasligi ko始rsatildi. 袗. 袗bduraxmanov ilmiy rahbarligida 10 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori tayyorlandi.
Qobiliyatli olim, mehribon ustoz hamda tashkilotchi 袗. 袗bduraxmanov shu yil 75 yoshni qarshilar edi. Professor 袗bdujabbar 袗bduraxmanov ko始plab shogirdlari, hamkasblari hamda yaqinlari xotirasida abadiy qoladi.
O始zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika hamda Materialshunoslik institutlari rahbariyati.