Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Probiotiklar yo’nalishida hamkorlikning yangi bosqichlari


D.I. Ivanovskiy nomidagi Biologiya va biotexnologiyalar akademiyasi Rostov-Don janubiy federal universiteti bosh ilmiy xodimi Chistyakov Vladimir Anatolyevich va texnolog Sidorenko Natalya Grigoryevna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutiga EAPI-2021-51 “Akvakultura uchun maqsadli probiotiklar” (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Janubiy Federal universiteti va Armaniston agrar universiteti) xalqaro uch tomonlama ilmiy loyihasi doirasida tadqiqot olib borish bo’yicha tashrif bilan keldi.

Tashrif davomida O‘zR FA Mikrobiologiya instituti faoliyati bilan tanishishi, probiotik preparatlarni qattiq fazali fermentatsiyalash texnologiyasi bo‘yicha tajriba almashishi hamda “Probiotik tayoqchalar va ularning biotexnologik salohiyati” mavzuda seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, mehmonlar Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Vinochilik va sanoat uzumchiligi texnologiyasi” fakultetiga ham tashrif buyuradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!