Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Press-turga taklif qilamiz!


Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlab o’tkazayotgan “Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” nomli tadbiri doirasida joriy yil 9-aprel kuni soat 10:00 da Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etilmoqda.

Press-tur davomida

✅ Amir Temur xiyobonida tadbirning tantanali ochilishi;

✅ Temuriylar tarixi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishish;

✅ Ko’rgazma namoyishida ishtirok etish;

✅ “Temuriylar Renessansi: tarix, tadqiqotlar va muammolar” ilmiy -amaliy

anjumanlarni tashkil etish orqali muzeydagi ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.

Ushbu press-turga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz!

 

Manzil: Press- turimiz 9-aprel kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Amir Temur xiyobonida boshlanib, FA Temuriylar tarixi muzeyida davom etadi.

 

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!