Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Polimerlar haqidagi fanning istiqbollari” Oʼzbekiston-Rossiya mikrosimpoziumi oʼtkazildi


2021-yilning 23-24-sentyabr kunlari OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida “Nanopolimerlar: Sintezi, strukturasi va qoʼllanilishi” mavzusida “Polimerlar haqidagi fanning istiqbollari” Oʼzbekiston-Rossiya Mikrosimpoziumi oʼtkazildi. Mazkur ilmiy forumda polimerlar haqidagi fan sohasida faol tadqiqotlar olib borayotgan Oʼzbekiston olimlari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining yetakchi olimlari ham ishtirok etdilar.

 

Bunday Mikrosimpozumlarni oʼtkazishdan asosiy maqsad - ilm-fanning zamonaviy jahon andozalari va tendensiyalariga mos keladigan sifat jihatidan yangi rivojlanish darajasiga oʼtishiga koʼmaklashish, mahalliy fundamental va amaliy kimyo fanining izchil rivojlanishini taʼminlash, oʼzining innovatsion ishlanmalari orqali mamlakat iktisodiyotini xom-ashyo yoʼnalishidan yuqori qoʼshimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishgacha joriy etishda oʼz hissasini qoʼshish, shuningdek, taʼlim sohasida munosib oʼringa ega boʼlishdan iborat.

Mazkur Simpoziumning oʼtkazilishi respublikalarimizda mazkur istiqbolli yoʼnalish – polimerlar haqidagi fanni rivojlantirish yoʼlida Rossiya Federatsiyasi va Oʼzbekiston Respublikasi olimlari hamkorligini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!