O始zR F袗 Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida "Polimerlar fanining zamonaviy muammolari" onlayn Respublika anjumani o始tkazildi.

Ushbu anjumanda F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar, Toshkent, Namangan, Farg始ona, Xorazm, Jizzax viloyatlaridagi oliy ta始lim muassasalari professor-o始qituvchilari, polimerlar sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar o始z ma始ruzalari bilan ishtirok etdi.
.jpg)
Ushbu anjuman polimerlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va ulardan foydalanishdagi yangi yo始nalishlar, polimerlar haqidagi fan sohasidagi yutuqlar, sohalarning ilmiy tadqiqotlarga bo始lgan ehtiyojlari bilan tanishish, shuningdek, soha vakillariga o始zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.
Ishonchimiz komilki, ushbu respublika anjumanining o始tkazilishi fanning istiqbolli polimerlar sohasining yanada taraqqiy etishi yo始lida Respublika olimlarining hamkorligini yanada mustahkamlaydi.