Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Perseidlar meteor yomg`iri


Perseidlar – kuzatish uchun eng yaxshi meteor yomg`irlaridan hisoblanib, o`zining pik (ya’ni eng ko`p meteor uchish vaqti) nuqtasida soatiga 60 tagacha meteor chiqaradi. Har yili 17-iyuldan to 24-avgustgacha osmonning Persey yulduz turkumi joylashgan sohasida ushbu meteor yomg`iri paydo  bo`ladi. Bu yili Perseid meteor yomg`irining “pik” nuqtasi 13-avgustdan 14-avgustga o’tar kechasi kuzatildi. Perseid meteor yomg`irlarni Svift-Tattl (Swift-Tuttle) kometasi hosil qiladi.

Perseidlar bu Svift-Tattl kometasini dumidan chiqqan toshlar, muz parchalari va chang zarrachalidir. Svift-Tattl kometasini birinchi bor bir-biridan behar holda 1862-yil ikkita astrnonom Lyus Svift (Swift) va Xoras Tattl (Tuttle) aniqlangan. Bu kometa Yerga har 135 yilda bir marta yaqinlashib o`tadi.

Perseid meteor yomg`irini kuztish uchun osmonning shimoli sharqiy qismidan Persey yulduz turkumini topish va sabr qilib kuzatish yetarli. Ushbu meteor yomg`iri osmonning Persey yulduz turkumi sohasida kuzatilganligi sababli ham “perseid”lar deb nomlangan. Persey yulduz turkumini topishni oson usullaridan biri unga yaqin joylashgan Kassiopeya yulduz turkumini topish. Kassiopeya yulduz turkumi “W” harfiga o`xshash bo`lib, osmonda uni topish qiyin emas.

Meteorlarni paydo bo`lishi: sekundiga 60 km tezlik bilan atmosferaga kirgan osmon jismlari (kometaning qoldig`i) Yerdan 100 km dan to 70 km gacha kirib yonib atmosferada yo’q bo`lib ketadi. Bazi kattaroq o`lchamli meteorlar bir necha sekund davomida yonib o`zidan iz qoldiradi.

Perseidlar bilan bir vaqtining o`zida bizga Akvaridlar va Kaprikornidlar (bular ham meteor yomg`irlari faqat osmonning boshqa-boshqa sohasida paydo bo’lishadi)ni ham kuzatish mumkin. Ularni bir-biridan ajratish oson. Perseidlar oq rangda, Akvaridlar och ko`k (havo rang)rangda, Kaprikornidlar esa sariq yoki olov rangda bo`ladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!