Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Payvanlash samaradorligini oshiruvchi flyuslar


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti xodimlari tomonidan sanoat va xoʼjalik inshootlarini (yuqori bosimli quvurlar, koʼpriklar, texnologik minoralar va boshq.) qurishda ishlatiladigan 4 mm. va undan ortiq qalinlikdagi konstruktsion poʼlat metallar va aralashmalarni ortiqcha xarajatsiz (ariq ochish, bir necha marta payvandlash) bir oʼtishda sifatli payvandlash chokini hosil qilish uchun 12 turdagi faollashtiruvchi flyuslar ishlab chiqilgan.

 

Payvandlanayotgan metallga qarab maxsus flyuslardan foydalanish payvand chokining bir metr xarajatini 14 dan 20 АQSh dollarigacha va ularni ishlab chiqarish vaqtini 70% gacha kamaytirishga imkon beradi.

Texnologiya Yevropa Ittifoqida patentlangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!