O'zR FA Materialshunoslik instituti (rahbar R.Saidov) tomonidan Geologiya va geofizika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi mutaxassislari ishtirokida "FA-Atex-2018-32" amaliy loyihasi doirasida mahalliy ruda-mineral xom-ashyosi asosida yangi qoplama tarkiblari ishlab chiqildi. Ular konstruksion po'latlarni payvandlash uchun mo'ljallangan payvandlash elektrodlarini qoplash uchun shixta sifatida ishlatiladi.
Ushbu yangi ishlab chiqilgan qoplamalarning tarkibi Rossiya va Xitoydan (UONI-13/55 va J422) uglerodli va past qotishma po'latlarni payvandlash uchun import qilinadigan asosiy va kislotali turdagi payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishda qo'llash imkonini beradi. Ushbu qoplamalar Toshkent quvur zavodida payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi.