Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Pandemiya sharoitida fan va taʼlim” Xalqaro onlayn davra suhbati


Joriy yil 22-sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimov va bosh ilmiy kotibi Gʼayrat Baxadirov Qirgʼiziston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi, Taʼlim va fan vazirligi hamda Konrad Аdenaer nomidagi jamgʼarma hamkorligida tashkil etilgan “Pandemiya sharoitida fan va taʼlim” Xalqaro onlayn davra suhbatida ishtirok etdi. Davra suhbatini Qirgʼiziston Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Murat Jumataev, Taʼlim va fan vaziri Kanibek Isakov, Konrad Аdenaer nomidagi jamgʼarmaning Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy komissari Ronni Xayn kirish soʼzi bilan ochib berdilar.

Davra suhbatida Tojikiston, Qozogʼiston Fanlar akademiyasi vakillari, Qirgʼiziston Republikasi oliy taʼlim muassasasi rahbarlari ishtirok etdi. Unda pandemiyaning fan va taʼlim sohalari rivojiga taʼsiri, har bir davlatda olib borilayotgan ishlar, talabalarni oʼqitish tizimidagi masalalar muhokama qilindi va oʼzaro fikr almashildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!