O‘zbekiston Respubliksi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi va Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi – O’zR FA Navoiy bo‘limi hamda Tojikiston MFA ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, geologiya, konchilik ishi va ekologiya sohasida ilmiy va texnik hamkorlikni kengaytirish.
Seminarda Bo‘lim olimlari o‘zining ilmiy ishlanmalari bilan hamkasblariga tanishtirdilar. Xususan, paxta chigitini bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish hamda g‘o‘zani bargidan oziqlantirishda bentonit gillarining suspenziyasidan foydalanish innovasion texnologiyalarni qo‘llash haqida tayyorlangan video-qo‘llanmalarni namoyish etdilar.
Tomonlar xalqaro loyiha tayyorlab, ushbu yo‘nalishda fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun ikkala qardoshlik respublika hukumatlariga ko‘rib chiqish uchun topshirishga kelishib oldilar. Tojik tomoni mintaqalararo hamkorlikni tashkil etishni taklif etdi.