Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zRFA Botanika instituti va Xitoy XR FA Ekologiya va geografiya instituti olimlari ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi loyihalar doirasida fikrlar almashdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni rejalashtirish maqsadida joriy yilning 2 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti Shinjon bo’limi direktori professor Zhang Yanming boshchiligidagi delegatsiyasi Botanika institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida institutlar o‘rtasida botanika fanining ustuvor yo‘nalishlarida, iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka taʼsiri va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha kelajakda ilmiy hamkorlik qilish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Milliy gerbariy fondida (TASH) institutning ilmiy xodimlari bilan birgalikda Apiaceae, Boraginaceae va Amaranthaceae oilasi vakillarining gerbariy namunalari tahlil qilish hamda ularni raqamlashtirish formatiga o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Hozirgi kunda gerbariy namunalarini raqamli formatga o‘tkazish hamda bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi. Mazkur tashrif, bevosita 2019 yilda ikki institut tomonidan imzolangan memorandiumning (Uzbekistan Desert Plant Diversity and Specimen Digitization Research) mantiqiy davomi hisoblanadi.

 

Uchrashuv davomida Geobotanika laboratoriyasi mudiri b.f.d. B.A. Adilov Ustyurt platosi va Orol dengizining qurigan tubi o‘simliklar qoplami mavzusida ma’ruza qildi.

 

Tashrif  so‘ngida institut direktorlari tomonidan sohaga oid ilmiy-ommabop nashrlarning o‘zaro almashinuvi amalga oshirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!