Har bir xalqning milliy o始ziga xosligini ko始rsatadigan an始ana va marosimlari, urf-odat va bayramlari bor. Ming yillar davomida sayqallanib, ajdodlardan avlodlarga o始tib kelgan bunday an始analar aslida o始sha millatning o始zligini, mentalitetini belgilaydi. Navro始zi olam xalqimiz hayotidan mustahkam o始rin egallagan, uning ruhiyatini, ma始naviy qiyofasini namoyon etadigan azaliy bayramimizdir.
Ko始klam nafasi ufurib, yashil umidlar kurtaklana boshlagan shu kunlarda butun borliqda ajib jonlanish hukmronlik qiladi. Nafaqat borliqda, balki dillarda ham o始zgacha surur, jilolanish, nimadandir umidlanish tuyg始ulari mehmon bo始ladi. Bu yurtga bahor nashidasi shunday tashrif buyuradi. Navro始zning inson vujudiga yangi kuch, uning tomiriga, qon-qoniga hayot quvonchi, yaratuvchilik kayfiyatini olib kelishining boisi azal-azaldan tabiatdagi uyg始onish, qayta tirilish bilan bog始liq kelishidir.

Xalqimizda Navro始zning qanday nishonlanganiga oid ilk dalillar arxeologik yodgorliklar, qoyatoshlarga chizilgan suratlarda uchraydi. Yana biri Quyosh va Oy hamda fonologik taqvimlarda yashab kelmoqda. Farg始onada qoyatoshga chizilgan bir surat olimlar diqqatini tortgan. Bu surat boshida nur sochayotgan Quyosh odam va uning atrofida raqsga tushayotgani 12 ta kishini aks ettirgan. Bu surat ajdodlarimizning quyosh va uning atrofida 12 oy aylanishini ifodalagan axborot ekanligi tadqiqotlarda yozilgan.
袗bu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Mahmud Koshg始ariyning “Devoni lug始otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg始u bilig”, Nosiruddin Rabg始uziyning “Qissasi Rabg始uziy”, 袗lisher Navoiy asarlarida kelgan Navro始z bilan bog始liq ma始lumotlar yoki badiiy talqinlar, hamda qadimgi xitoy, eron, arab manbalarida yozib qoldirilga ma始lumotlar Navro始z xalqimizning qadimiy, asl bayrami ekanligiga guvohlik beradi.
Sobiq sho始rolar davrida navro始zga bo始lgan munosabatni ko始pchilik unutgani yo始q. O始n yillar davomida u xalqdan chetga surib qo始yildi. Bu qatag始onda maqsad xalqni o始z xotirasidan, ruhiy quvvatidan uzish ekanligi hech kimga sir emas. Chunki xotirasidan ayrilgan xalqni qulga aylantirish qiyin emas. Natijada Navro始z unitish darajasiga yetgan avlodlar paydo bo始ldi.
Mustaqillik avvalo, avlodlar o始rtasidagi xotira zajiridagi uzilishni qayta bog始ladi. Xalq ruhiyati yana milliy zamindan oziqlana boshladi. Shunday bo始ldiki, xalq bilan birga Navro始zda yangilanish yuz berdi: u umumxalq bayrami sifatida nishonlana boshladi. 袗zalda ham Navro始z xalq sayli tarzida o始tkazilgan. Chunki sayil, tomoshalarning ma始naviy ahamiyati ulug始. Bayramdan kishilar ulkan ma始naviy oziq olgan, Navro始z qanday qarshilansa, yil davomida shu kayfiyat hukm surishi isbotlangan. Navro始z asl mazmun-mohiyatiga uyg始un ayni vaqtda zamonga mos nishonlanmoqda. Natijada azaliy bayramimiz yangi bir quvvatga kirdi. O始zbekning ma始naviy qiyofasini ko始rsatadigan katta ma始naviy hodisaga aylandi. Dunyo bu bayram orqali bizning qanday xalq ekanimizni, jahon tamaddunida nechog始li o始rin tutishimizni bilayapti, kashf etyapti.
O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi,
f.f.d. Shomirza TURDIMOV.