Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekistonga arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun sarmoya kiritiladi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Koreya Respublikasi Madaniy Meros Boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vakillari o‘zaro madaniy meros ob’ektlarini konservatsiya qilish borasida tajriba almashish, ularni saqlash, arxeologiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, Koreya Respublikasi Madaniy Meros Boshqarmasi vakillari o‘zbek olimlari bilan birgalikda arxeologik tadqiqotlar olib borish, O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutida arxeologik izlanishlar natijalarini saqlash va himoya qilish bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar holatini yaxshilash, o‘zbek mutaxassislarini Koreyada, koreys mutaxassislarini O‘zbekistonda o‘qitish uchun katta miqdordagi sarmoya ajratish niyatida ekanligini bildirdi. Muzokara yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik Memarandumi imzolashni kelishib oldilar.

Kelishuv moddiy va nomoddiy merosni qayta ishlash, saqlash, ushbu yo‘nalishdagi ikki davlat ilmiy tadqiqot muassasalari hamda muzeylari hamkorligi, birgalikda ko‘rgazmalar va konferensiyalar o‘tkazish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu Kelishuv Memarandumi joriy yil aprel oyida imzolanishi kutilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!