Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon Ekologiya va Geografiya institutida “Bioxilma-xillikni muhofaza qilish va qurg始oqchil hududlarni barqaror rivojlantirish” mavzusida xalqaro simpozium bo始lib o始tdi. Unda Yevropa, 袗frika, Osiyo mamlakatlarining yirik olimlari hamda YuNESKO, Bioxilma-xillik bo始yicha konventsiya kotibiyati (Kanada), Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, O始zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti vakillari ishtirok etishdi.

Simpoziumda O始zR F袗 Botanika instituti direktori D.Dehqonov “O始zbekistonda bioxilma-xillikni muhofaza qilishning asoslari va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida ma始ruza qildi. Unda Davlatimiz Rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, BMT Bosh 袗ssambleyasining 75-76-sessiyalarida bildirilgan takliflari hamda Botanika instituti tomonidan bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo始yicha amalga oshirilayotgan ishlar va zamonaviy tadqiqotlar bo始yicha taqdimot qilindi.


Soha olimlari va ishtirokchi tashkilot vakillarida atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish borasidagi yurtimizda olib borilayotgan ishlar katta taassurot va qiziqish uyg始otdi hamda navbatdagi xalqaro simpoziumni Fanlar akademiyasi Botanika institutida o始tkazish bo始yicha takliflar berildi.