Joriy yil 21-iyul kuni O始zbekiston Milliy matbuot markazida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan “Yangi O始zbekistonning 2022–2026-yillarga mo始ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug始lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalardan biri “O始zbekistonda yashil texnologiyalar” - Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy etish bo始yicha qilinayotgan ilmiy ishlarga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi.
Unda F袗 vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev, Materialshunoslik instituti direktori O.R.Parpiyev, Fizika-texnika laboratoriya mudiri J.袗.袗xatov ishtirok etdi.



Ma始lumki, “Yangi O始zbekistonning 2022–2026-yillarga mo始ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug始lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da 24-maqsad sifatida “Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta始minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish” vazifasi qo始yilgan va qator tashkilotlarga vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, “O始zbekistonda yashil texnologiyalar” - Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy etish bo始yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, yangi ishlanmalar asosida vodorod energiyasini olish texnologiyalarini yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ko始zlangan maqsadga erishishning eng samarali yo始llaridan biri, bu vodorod energetikasini rivojlantirishdir. Birinchidan, vodorod Yer yuzida eng keng tarqalgan element, ikkinchidan vodorod yonganda zararli gazlar ajrab chiqmaydi, uchinchidan vodorodni kislorod bilan reaktsiyasi natijasida ko始p miqdorda suv paydo bo始ladi.
Xalqaro ekspertlarning fikricha 2050 yilga kelib dunyoda vodorod energetikasining ulushi 18%, 2100 yilga kelib 40%dan ortiqni tashkil etadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vodorod energetikasini rivojlantirish orqali karbonad angridi (SO2) chiqishini 95% gacha kamaytirishni maqsad qilib olishgan.
Matbuot anjumanida F袗 tizimida, xususan, Materialshunoslik hamda Fizika-texnika institutida mazkur yo始nalishda olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma始lumot berildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari o始zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.