Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekistonda Yadro tibbiyot va radiatsion terapiya markazi tashkil etiladi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Germaniyaning “Integra GmbH” kompaniyasi hamda Avstriyaning “Vamed Engineering GmbH” kompaniyasi o’rtasida Toshkentda “Yadro tibbiyot va radiatsion terapiya markazi”ni tashkil etish to’g’risidagi hamkorlik Bitimi imzolandi.

Shartnoma O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi “2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va onkologik yordam ko’rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2866-son Qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni amaliy bajarishga qaratilgan.

Shartnoma O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti negizida “Integra GmbH” (Germaniya) va “Vamed Engineering GmbH” (Avstriya) kompaniyalari bilan hamkorlikda  Xalqaro Yadro tibbiyot va radiatsion terapiya markazi tashkil qilinishini nazarda tutadi.

Markaz yadro fizikasi va tibbiyotning ilg'or texnologiyalari bilan jihozlangan ko’p tarmoqli diagnostika va davolash muassasasi bo'lib, u saraton va boshqa kasalliklarni tashxislash va davolashga imkon beradi.

Markazning tashkil etilishi:

  • MDH mamlakatlarida yagona proton va radiatsion davolanish texnologiyasiga ega yagona markaz yaratish orqali saraton kasalliklarini davolash sifatini sezilarli darajada yaxshilash;
  • nafaqat respublika, balki qo'shni davlatlar aholisini (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston hamda boshqa davlatlar) davolash uchun shart-sharoit yaratish  imkonini beradi.

Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!