Joriy yil 9-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O始zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra:
- Fanlar akademiyasi “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti;
- Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil etiladi.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
2021-yilda Institut faoliyatini tashkil etish uchun 50 mlrd so始mgacha mablag始 ajratiladi.
Institutning ilmiy va ilmiy-texnik xodimlari rivojlangan xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarda ilmiy stajirovkadan o始tadi.
2024/2025 o始quv yilidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi bo始yicha kadrlar tayyorlash yo始lga qo始yiladi.
Shuningdek, qarorga ko始ra, mamlakatda vodorod energetikasining rivojlanishi holati bo始yicha yillik hisobot tayyorlash va “InnoWeek.uz” innovatsion g始oyalar haftaligi doirasida uning taqdimotini o始tkazish amaliyoti joriy etiladi.
Institutning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash uchun zarur bo始lgan olib kirilayotgan uskunalar, texnologik qurilmalar va jihozlar, moddiy-texnika vositalari, dasturiy ta始minot va xizmatlar bojxona bojlaridan ozod qilinadi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda vodorod energetikasini rivojlantirishdagi muhim qadamlardan biri bo始ldi.