Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekistonda radiatsiyaviy texnologiyalar va yadroviy tibbiyot sohalari rivoji


Joriy yil 15-aprel kuni Sochida bo‘lib o‘tgan “ATOMEXPO-2019” XI Xalqaro forumi doirasida “Rusatom Xelskea” OAJ, “Rusatom-Xalqaro tarmog‘i” (RMS) va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti o‘rtasida radiatsiyaviy texnologiyalar va yadroviy tibbiyot sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Kelishuvga O‘zbekistonda tibbiyot asbob-uskunalarini sterillash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlov berib ularning eksport hajmini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘p maqsadli radiatsion markazni yaratish bo‘yicha loyiha kiritilgan. Shuningdek, Kelishuv tibbiyot sohasida tashxis va davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy radiofarmpeparatlar hamda sanoatda ishlatiladigan radioizotoplar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu respublikamizda mavjud bo‘lgan talabni nisbatan arzon hamda sifatli radiofarmpreparatlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ushbu bitim yangi istiqbolli ilmiy-texnik yo‘nalishlarda radioizotop mahsulotlarini ishlab chiqarish, yangi materiallar va radiatsiyaviy qayta ishlash kabi yangi yo‘nalishlarni ochishga zamin yaratadi. Kayd kilish lozimki, bu markazlarning tashkil qilinishi nafaqat amaliy ahamiyatga ega, balki fanning turli yo‘nalishlarida (fizika, biologiya, kimyo, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, materialshunoslik va boshkalar) dolzarb ilmiy-izlanishlar tashkil qilish va amalga oshirish imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!