Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekistonda muzeyshunoslik taraqqiyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi


18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “San’atshunoslik va muzeyshunoslik” fakulteti “Muzeyshunoslik” kafedrasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda muzeyshunoslik taraqqiyoti” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Seminar muzey direktori t.f.n. Xurshid Fayziyev tomonidan ochib berildi. Ushbu seminarda Temuriylar tarixi davlat muzeyi olimlari, MRDI “Muzeyshunoslik” kafedrasi professor va o‘qituvchilarining bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy muzeyshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va ilmiy tadqiqotlar haqidagi ma’ruzalari tinglandi. Xususun, “O‘zbekistonda muzey turizmining rivojlanishi”, “Zamonaviy muzey dizayni”, “O‘zbekistonda davlat muzey katalogini yuritish”, “O‘zbekistonda nomoddiy – madaniy merosni muzeylashtirish” va “O‘zbekistonda zamonaviy muzey pedagogikasi” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.

Seminarda ishtirok etgan talabalar, tadqiqotchilar va yosh olimlar zamonaviy muzeyshunoslik sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seminar so‘ngida ishtirokchilarga muzey ma’muriyati tomonidan “Sertifikat” va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bunday seminarlarning tashkil etilishi O‘zbekiston muzeylarini yanada rivojlantirishga, jahon muzeylari qatoridan joy olishiga yangi imkoniyatlarni ochadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!