Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekistonda Halqasimon Quyosh tutilishi astronomik hodisasi qisman kuzatildi


10-iyun kuni O’zbekiston aholisi navbatdagi noyob astronomik hodisa - Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishdi.

Bu hodisani O’zbekiston hududidan kuzatilganda Oy Quyosh yuzasining juda kichik qisminigina to’sdi, ya’ni faqat qisman Quyosh tutilishi kuzatildi.

 

Ushbu tutilish Halqasimon Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida (Kanada, Grenlandiya va Rossiya uzoq sharqida) Quyosh yuzasining 94,3 foizini tashkil qildi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 3 minut 51 sekundga teng bo‘ldi.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 16:58 da boshlandi, maksimum fazasi esa 17:26 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 2.12% ini to‘sdi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 25.2° ni tashkil qildi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 55 daqiqani tashkil etdi. Soat 17:53 da Quyosh tutilishi yakuniga yetdi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan bo‘lib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hudularida ham shunga yaqin vaqt va qiymatlarni aks etgan holda yuz berdi.

Ma’lumot o’rnida, bundan oldin O’zbekiston aholisi 2020-yil 21-iyun kuni sodir bo’lgan Halqasimon Quyosh tutilishi guvohi bo’lgan va o’shanda ham qisman Quyosh tutilishi sifatida kuzatgan. O’sha vaqtda to’silish magnitudasi 60% ko’proq tashkil qilgan. O’zbekiston aholisi kuzatishi mumkin bo’lgan navbatdagi Quyosh tutilishi 2022-yilning 25-oktyabr sanasida sodir bo’lishi kutilmoqda. 2022-yilning 25-oktyabrda sodir bo’ladigan Quyosh tutilishida ham O’zbekiston aholisi qisman Quyosh tutilishini kuzatish imkoniga ega bo’ladi. Ushbu Quyosh tutilishida to’silish magnitudasi 75% ga yetadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!