馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekistonda birinchi marta SARS-CoV-2 virusining 32 ta namunasi genomlari o始qildi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan O’zbekistonda birinchi marta koronavirusning to始liq genomlari o始qildi va bioinformatik tahlil ishlari olib borildi. Natijalar koronavirus genom ma始lumotlari uchun ochiq ma始lumotlar tarmog始i – GISAID (https://www.gisaid.org) ma始lumotlar bazasiga joylandi va tegishlicha rasmiylashtirildi.

Shu munosabat bilan O始zbekiston o始z hududida koronavirusning barcha variantlarini DNK ketma-ketligining to始liq sekvenlagan 50 ta mamlakat qatoriga kirdi. FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya va jamoat sog始lig始i boshqarmasi hamda Biogen Med xususiy klinikasidagi birlamchi virus yuqtirgani tasdiqlangan fuqarolarining 62 nafaridan namunalar olindi va yangi avlod sekvenatori yordamida ularning 32 ta namunasi to始liq sekvenlash orqali tahlil qilindi yoki boshqacha qilib aytganda, DNK ketma-ketligi o始qildi. Bu 29 903 nukleotid deganidir.

Shuningdek, olimlar qator bioinformatik tahlillar yordamida (Nextclade) O始zbekistonda tarqalgan virus variantlari hozirgacha o始qilgan koronavirus ma始lumotlar bazasidagi genomlar bilan solishtirdilar. Natijada, O始zbekistondagi COVID-19 variantlarining 18 tasi shajaradagi o始rni aniqlandi. Unga ko始ra, mamlakatimizda uchrayotgan COVID-19 ning variantlari GR (20V) va S (19V) guruhlariga mansubligi ayon bo始ldi. Shajaraning GR (20V) tarmog始ida O始zbekiston bilan birgalikda asosan Yevropa, Osiyo, 袗frika va 袗vstraliya qit始asi vakillari joylashgan bo始lsa, S (19V) guruhida esa Osiyo va 袗frikaga xos virus genomlari joylashgan. Bu ushbu ikkita guruh orqali mamlakatimizga kirib kelgan viruslarning manbai bitta emasligini anglatadi.

Ta始kidlash joizki, SARS-CoV-2 virusining genom ma始lumotlari ilk bora 2020-yilning yanvar oyida Xitoyda aniqlangan. O始sha paytdan boshlab butun dunyoda tarqalgan koronavirus namunalari olinib, genomlarini sekvenlash ishlari boshlandi. Genomlarni aniqlash mahalliy va global miqyosda epidemiologik tadqiqotlar o始tkazish uchun zarur bo始lib, virusning evolyutsion tahlilini amalga oshirish, uni qaerda paydo bo始lgani, qanday mutatsiyalarga uchragani va boshqa ma始lumotlarni beradi. Bu ma始lumotlar yordamida esa vaktsina yaratiladi. O始zbekistonda tarqalgan koronavirus variantlari haqidagi ma始lumotlar aynan yurtimizda tarqalgan shtammlarga qarshi yo始naltirilgan milliy vaktsinamizni yaratish ishlari uchun o始ta muhimdir.

O始zbekistonda tarqalgan COVID-19 variantlaring to始liq genom DNK ketma-ketliklarining aniqlanishi va dunyo ma始lumotlar bazasi bilan qiyosiy tahlillari virusning yurtimiz sharoitida o始zgarishining doimiy monitoringini amalga oshirishdagi katta qadam bo始ldi. Qolaversa, bu oxirgi yillarda Yangi O始zbekistonda ilm-fan va olimlarimizga yaratib berilayotgan katta imkoniyatlarning dastlabki natijalaridan biridir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!