Yurtimiz hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, ya始ni qazish, dala qidiruv va buzilishi kutilayotgan yodgorliklarda olib borilgan nazorat ishlarining natijalariga bag始ishlangan arxeologlarning yillik hisobot sessiyasi har yili an始anaviy ravishda o始tkazilib kelinmoqda. Bu mutaxassislarning yangi tadqiqotlarlar natijalar, ularining ilmiy tahlili borasida o始zaro fikr va tajriba almashish imkoni tug始diradi. Shu munosabat bilan O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi filiali – Ya. G始ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida joriy yil 12-13-mart kunlari 2019-yil arxeologik dala mavsumi natijalariga bag始ishlangan hisobot sessiyasi bo始lib o始tdi.
Ikki kun davom etgan hisobot sessiyasida O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi, San始atshunoslik instituti, Tarix instituti, Xorazm Ma始mun akademiyasi, Qoraqalpog始iston gumanitar fanlar ilmiy-tekshirish instituti ilmiy xodimlari bilan birgalikda SamDU, O始zMU, TemDU, QDU, NamDU, Jizzax davlat pedagogika instituti kabi oliy ta始lim muassasalari professor o始qituvchilari, magistrlar ishtirok etishdi. Yig始ilishda respublikaning barcha hududlarida tosh davridan tortib to so始nggi o始rta asrlargacha bo始lgan 50 ga yaqin arxeologik yodgorliklarda olib borilgan qazishmalar natijalari hamda bir qator tumanlarda arxeologik yodgorliklarni qayta xatlovdan o始tkazish, ya始ni ro始yxatga olish borasida amalga oshirilgan ishlar bo始yicha ma始ruzalar eshitildi.

Unda tinglangan har bir hisobot mutaxassislar tomonidan qizg始in kutib olinib, munozaralarga juda boy bo始ldi, keng muhokama qilindi va qo始lga kiritilgan moddiy ashyolar Markaziy Osiyo arxeologiyasini rivojida, ya始ni ilk dehqonchilik, shaharsozlik madaniyati, san始ati, hunarmandchilik, me始morchilik va ilk sivilizatsiyalar tarixini yoritishda muhim manba bo始lib xizmat qilishi ta始kidlab o始tildi.
Hisobot sessiya yakunida arxeologik tadqiqotlarni natijalariga bag始ishlangan “O始zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” to始plamining navbatdagi sonini nashr qilish, arxeologik qazishma ishlariga yoshlarni keng jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, arxeologik tadqiqotlarga zamonaviy texnologiyalar va uslublarni qo始llash bo始yicha bir qator takliflar berildi.