Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida “O始zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi III respublika ilmiy-amaliy konferensiya o始tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, akademiklar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani O始zR F袗 Zoologiya instituti direktori B.R. Xolmatov kirish so始zi bilan ochdi.

Ikki kun davom etgan konferensiya ishida umurtqasiz hayvonlar faunasining sistematikasi va zamonaviy holati, parazitizmning biologik asoslari, biozararlanishning dolzarb muammolari, gidrobiontlar ekologiyasi, ixtiofauna genofondi va baliq resurslarini baholash, quruqlik umurtqali hayvonlari faunasining zamonaviy holati, ularning resusrlaridan oqilona foydalanish, O始zbekistondagi kamyob, yo始qolish arafasida turgan, kam o始rganilgan hayvonlar va ularni saqlash masalalariga bag始ishlangan ma始ruzalar taqdim etildi va o始zaro muhokama qilindi.

