Ma始lumki, joriy yil 29-30-iyun kunlari Toshkent Botanika bog始ida ilk bor O始zbekiston yoshlari va talabalari forumi o始tkazildi.
Mazkur forum doirasida tashkil etilgan Ilmiy munozaralar hududida “Olim bilan suhbat” dasturi bo始yicha O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti direktori, professor Xusniddin Olimov “Yuqori energiyalar fizikasi: yadrolardan olamgacha” mavzusida bilimga qiziqqon yoshlar – respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan iqtidorli yuqori sinf o始quvchilari va talabalarga ma始ruza qildi.

Ma始ruzada hozirgi material Olamning juda kichik hajmdagi o始ta zich energiyadan paydo bo始lishiga olib kelgan “Katta Portlash” jarayoni haqida, energiyaning materiyaga o始tishi, proton, neytron, elektron, yadro, atom va molekulalarning vujudga kelishi hamda Olamda hayot boshlanishi haqida qiziqarli va tushunarli tilda bayon etildi. Shuningdek, Yerimizga tushuvchi Quyosh energiyasi undagi qanday jarayonlarda hosil bo始lishi, nimaga Quyosh tabiiy termoyadroviy reaktor deb ataladi, nimaga Quyosh energiyasiz Yerda hayot bo始lmasligi kabi savollarga javob berildi. Shveytsariyadagi eng yirik Katta adron kollayderida deyarli yorug始lik tezligidagi yuqori energiyali og始ir ionlar to始qnashganda “Katta portlashdan” bir necha mikrosekund o始tgach vujudga kelgan juda issiq va zich kvark-glyuon plazma holatidagi materiya hosil bo始lishi, paydo bo始lgan kvark-glyuon plazmaning temperaturasi Quyosh markazidagi temperaturadan deyarli yuz ming barobar yuqori bo始lishi va boshqa qiziqarli faktlar haqida aytib o始tildi. Shuningdek, atom elektrostantsiyalarida, issiqlik va gidroelektrostantsiyalarga qaraganda, elektr energiyasini olish samaraliroq bo始lishi, jumladan atom elektrostantsiyasida bir gramm uran yoqilg始isidan olingan elektr energiyasi 60 ming aholiga ega kichik bir shaharchani bir soat mobaynida yoritilishiga yetarli bo始lishi haqida tushuntirildi.
Mazkur tadbir O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032-sonli qarorida iqtidorli yoshlarni fizika yo始nalishidagi ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishga oid belgilangan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida amalga oshirildi.