Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston “yashil” energetika va yangi materiallar boʼyicha xalqaro ilmiy muloqot markaziga aylandi


2025-yilning 28–30-aprel kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida “Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari” xalqaro ilmiy anjumani boʼlib oʼtdi. Ushbu nufuzli tadbirda 17 mamlakatdan 40 nafarga yaqin tadqiqotchi hamda Oʼzbekistonning yetakchi olimlari ishtirok etib, aqlli materiallar, nanotexnologiyalar va quyosh energetikasi sohasidagi ilgʼor ishlanmalarni muhokama qildilar.
Аnjuman xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va hayot sifati, ekologik barqarorlik va innovatsion kelajakka bevosita taʼsir koʼrsatuvchi texnologiyalarni joriy etishda muhim qadam boʼladi. Аlohida eʼtibor — atrof-muhitga taʼsirni kamaytirish va aqlli, energiya samarador infratuzilmalarni yaratish imkonini beradigan “yashil” energetika yechimlariga qaratildi.

 

 

Tadbirning oʼziga xos jihati — Osiyoda yagona boʼlgan Oʼzbekistonning Katta Quyosh ыurilmasi negizida xalqaro ilmiy hamkorlik masalalarining muhokamasidir. Shuningdek, anjumanda “Yashil texnologiyalar vodiysi” xalqaro ilmiy konsortsiumini tashkil etish tashabbusi taqdim etildi. Bu konsortsium ilmiy-tadqiqot markazlari va sanoat hamkorlarini birlashtirib, qayta tiklanadigan energiya manbalari va yangi materiallar sohasida yuqori texnologiyali yechimlarni yaratish va joriy etishga qaratilgan.

Аnjumanning asosiy mavzulari:

•          Materiallarda kam uchraydigan va noteng holatlar xotirasi

•          Belgilangan xususiyatlarga ega nano va nanokompozit materiallar

•          “Yashil” energetika uchun materiallar va texnologiyalar

Аnjumanning ikkinchi kunida yosh olimlarning tadqiqot natijalari taqdimoti boʼlib oʼtdi. Unda yangi avlod tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi yondashuvlar, gʼoyalar va amaliy yechimlar namoyon etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!