Yadro tibbiyot ehtiyojlari uchun radioizotoplarni ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatini hisobga olgan holda, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Yadro tibbiyot va radiatsion terapiya markazini yaratish ustida ishlamoqda. Shu munosabat bilan Institut Yaponiyaning bir qator universitetlari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda yangi radioizotoplarni ishlab chiqarish, Yadro tibbiyot va radiatsion terapiya markazida malaka oshirish va bemorlarga radiatsiya terapiyasini tashkil etish bo'yicha Yaponiya tajribasini o'rganmoqda. Xususan, Yaponiyaning Proton terapiya markazi, Chiba universiteti, Milliy Radiologiya ilmiy instituti (NIRS), Tokiodagi Milliy onkologiya markazi va Osaka universiteti kabi ilmiy markazlar shular jumlasidandir.