O‘zR FA Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyoning Xitoyga ilmiy safarda bo‘ldi.
Akademik Azamat Ziyo Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Tarixiy nuqtai nazardan yanada yuqori darajada mushtarak taqdirli Xitoy – O‘zbekiston hamjamiyatini qurish” ellararo ilmiy yig‘inida qatnashdi.
So‘ngra Pekinga tashrif buyurib, Xitoy Birinchi tarixiy arxivi va Xitoy milliy kutubxonasi rahbarlari bilan uchrashdi.
Xitoy Birinchi tarixiy arxivi (1925-yilda tashkil etilgan) rahbari Van Xunyunning ta’kidlashicha, arxivda Min (1368–1644) va Tsin (1644–1911) sulolalariga oid 10 milliondan ortiq hujjatlar saqlanadi. Suhbat davomida Turkiston xonliklari va Xitoy o‘rtasidagi elchilik va savdo munosabatlariga oid qimmatli hujjatlar borligi ham aniqlandi. Ularning 80 foizdan ortig‘i allaqachon raqamlashtirilgan.
Xitoy milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Chjan Tzyun bilan uchrashuvda 45 million jilddan iborat fond haqida so‘z bordi. Kutubxonada 3 milliondan ortiq qadimgi asarlar mavjud bo‘lib, ular orasida arab va fors tillaridagi nodir qo‘lyozmalar ham bor. Ushbu manbalar hali maxsus o‘rganilmagan.
Har ikki uchrashuv do‘stona, samimiy va ishchanlik ruhida o‘tdi. Tomonlar tarixiy hujjatlar ustida hamkorlik qilish hamda ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.