馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston -Xitoy qo始shma ilmiy loyihasi


Ayni kunlarda Fanlar akademiyasi Ion plazma va lazer texnologiyalari institutida bajarilayotgan O始zbekiston -Xitoy qo始shma loyihasi doirasida loyiha rahbari V.Quvondiqov hamda kichik ilmiy xodim D.O始razkulovalar Nanjing Tech Universiteti qoshidagi School of Flexible Electronics (Future Technologies) ilmiy maktabida hamkorlikda qo始shma tadqiqotlar olib borishmoqda. 

 

Xizmat safari davomida loyihada qo始yilgan ilmiy vazifalar yuzasidan Xitoy tomonidagi hamkor ilmiy markazlar Nanjing Tech, Changzhou va Nanjing Forestry universitetlari olimlari (Sunsun Li, Wenchao Zhao, Chao Ma, Lingling Zhu, Yuming Wang, Zhen Wang) bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Olib borilayotgan tadqiqotlarda o始z o始zidan agregatsiyalanuvchi funksional monoqatlam materialini yarimshaffof organik quyosh elementlarida qo始llash orqali ularning termik barqarorligini oshirish bo始yicha tajribalar o始tkazilmoqda. Ushbu loyihada aqlli issiqxonalarda qo始llash uchun yangi sintez qilingan materiallar asosida termik stressga chidamli yarimshaffof organik fotovoltaik elementlarning laborator namunalarini ishlab chiqish maqsad qilingan bo始lib, bu kabi yarim shaffof organik fotovol褜taik elementlarning optik yorug始lik o始tkazuvchanligining o始simliklarda kechayotgan fotosintez jarayonlariga ta始sir qilish mexanizmlarini tadqiq qilish rejalashtirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!