Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston va Xitoy olimlarining har tomonlama manfaatli hamkorligi haqida


Xitoy va O’zbekiston o’rtasida qadimdan fan va ta’lim sohasida hamkorlik masalalari juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Uzoq yillar davomida bu ikki xalq vakillari bir-birining yurtiga borib ta’lim olishi, fan sohasidagi yutuqlar bilan o’rtoqlashish imkoniyatlaridan foydalanib kelishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni rejalashtirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti Shinjon bo’limi direktori professor Zhang Yanming boshchiligidagi delegatsiyasi Zoologiya institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki mamlakat olimlarining hamkorlik masalalari, ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirishda bugungi ilmiy yangiliklar, kelgusida reja qilingan ilmiy anjuman va loyihlar muhokama qilindi. Hamkorlik doirasida qilinadigan kelgusi rejalar kelishib olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!