Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston va Ukraina qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi


2018 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Ukraina qishloq xo‘jaligi Milliy Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Bondarchuk Anatoliy Andreevich, akademiklar Roik Nikolay Vladimirovich hamda Gritsinyak Igor Ivanovich tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zR FA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov kutib oldi. So‘ngra O‘zR Fanlar akademiyasi xodimlari, FA Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Toshkent viloyati hokimligi vakillari ishtirokida ikki davlat qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Ukraina qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi. Ayniqsa, kartoshka urug‘chiligini tashkil etish va hosildorligini oshirish, soya yetishtirish texnologiyalari hamda baliqchilik sohasida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!