O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston olimlari ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu nufuzli tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, dolzarb ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

.jpg)

Konferensiyada akademiklar, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyada uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha joriy ilmiy tadqiqotlar va loyihalar natijalari taqdim etildi:
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
Fizika, matematika va texnika fanlari. Ushbu yo‘nalishda yuqori texnologiyalar va fundamental ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratildi:
Tabiiy fanlar. Mazkur yo‘nalishda inson salomatligi va atrof-muhit bilan bog‘liq muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
Ijtimoiy va gumanitar fanlar. Ushbu yo‘nalishda mintaqaning boy tarixiy va madaniy merosi ilmiy nuqtai nazardan tahlil etildi:

Konferensiya doirasida yalpi majlislar, sho‘ba yig‘ilishlari, ilmiy ma’ruzalar taqdimoti va ochiq munozaralar tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma tadqiqot loyihalarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Mazkur konferensiya ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy diplomatiyani rivojlantirish, ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish hamda mintaqaviy barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.