Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston – Turkiya : tarixchi olimlar uchun yozgi o‘qishlar boshlandi


Аvval xabar berganimizdek, O‘zR FA Tarix instituti xodimlarining Turkiyada yozgi o‘qishlari boshlandi.

16-iyun kuni Najmiddin Erbaqon universitetida yozgi oʼqishlarning ochilishi, turkiyalik olimlarning ilmiy chiqishlari oʼtkazildi.

 

Ilmiy seminarni Universitet Tarix fakulteti dekani professor Kamol Oʼzjan olib bordi. Har ikki davlat tarixchi olimlari uchun tashkil qilingan ilmiy seminarning qanchalik muhimliligi va kelajakda buning koʼlamini kengaytirish kerakliligi haqida oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi. Universitet rahbari professor Zakiriyan janoblari tabrik soʼzida hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun Universitet har doim hamkorlikka tayyorligini, ilmiy muloqotlar almashinuvini muntazam yoʼlga qoʼyish uchun barcha sharoitlar yetarliligi, oxirgi 5-6 yil davomida davlatlararo munosabatlarning yanada mustahkamlanib borayotganligi, Turkiya jumhuriyati rahbari Rajab Toyib Erdogʼon janoblarining mamlakatimizga rasmiy tashrifi vaqtida Xiva shahriga qilgan tashrifi vaqtida tarix bir bu elning mushtarak yoʼllari, oʼzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi haqida aytgan fikrlarini taʼkidlab oʼtdi.

OʼzR FА Tarix instituti direktori professor Аzamat Ziyo tabrik soʼzida, tili va dini bir bu ellarni tarixan manzillari birligi, mushtarakligi haqida aytib, 140 yil oldin Turkiston xalqini bir-biridan ajratish holatlari boʼlganligi, ayniqsa, 1924-yilda etnik jihatdan bir-biridan ajratib boshqarilganligi haqida aytib oʼtdi. Turkiya jumhuriyati Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligini ilk tan olgan davlat sifatida, ayniqsa, 2016-yildan soʼng Yangi Oʼzbekiston rahbarining oʼzaro aloqa va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqanligi, va O’zR FA Tarix instituti olimlarining bugungi ilmiy hamkorlik uchun tashrifi bunga yaqqol misol boʼla olishini aytib oʼtdi.

Hozirgi vaqtda hukumatlarora munosabatlar, olimlar orasidagi aloqalar naʼmunasi oʼlaroq Tarix institutining 10 dan ortiq yosh olimlarini ilmiy hamkorlikda kelajak poydevori boʼlishligini, kelgusida bu yozgi oʼqishlarni barcha turkiy davlatlar yosh tarixchi olimlari o’rtasida oʼtkazib borilishida tenglik va samimiylik bilan ilmiy hamkorlikka doimo tayyorligi haqida gapirdi. Shundan soʼng, Tarix institutida oxirgi ikki yilda nashr qilingan barcha ilmiy kitob va jurnallar va esdalik sovgʼalari Universitetga topshirildi.

 

Ilk ilmiy maʼruza Saljuq universiteti professori Mustafo Demirchi tomonidan boʼlib oʼtdi. Аvvalo soʼzining boshida, “Oʼzbekiston - onaduliyaliklar uchun ikkinchi qibladir” deb, Oʼzbekiston barcha turkiy xalqlarning siyosiy, maʼnaviy jihatdan tarixan markazi boʼlganligi, va Yangi Oʼzbekistonda uchunchi uygʼonish davrining ilk poydevori qoʼyilayotganligi haqida ishonchli fikrlar bildirib oʼtdi.

Keyingi maʼruzachi Najmiddin Erbaqon universiteti professori Fotih Mehmit Berk janoblari “Onaduliya madaniyat tarixi” xususida boʼlib, bir qancha ilmiy qarashlarini bayon etdi. Umuman olganda bugungi maʼruzalar bir-biridan qiziqarli, foydali boʼldi. 17-iyun kuni O’zR FA Tarix instituti olimlarining chiqishlari oʼtkaziladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!