Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston – Turkiya: ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida


Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Z.Mirzayevlar Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan Turkiya Fanlar akademiyasi va Osiyo fanlar akademiyalari hamda jamiyatlari assotsiatsiyasi (AASSA) tomonidan uyushtirilgan simpoziumda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mazkur simpoziumda Osiyo mamlakatlari Fanlar akademiyalari vakillari qatnashdi.

Safar davomida O'zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Turkiya Fanlar akademiyasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Istanbul shahrida Turkiya ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) prezidenti, professor Hasan Mandal bilan,  Istanbul Zaim universiteti prezidenti va rektori, professorlar M.Bulut va A.Azhar bilan  hamda Namik Kamol universiteti professorlari F.Guktepe va U.Guktepe bilan muzokaralar o‘tkazdilar va qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qildilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi  Turkiyaning TÜBİTAK Marmara ilmiy tadqiqotlar markazida ham bo’lishdi. Markazda laboratoriya mudirlari ishtirokida seminar tashkil etildi, ikki tomonama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Marmara ilmiy tadqiqotlar markaziga tashrifi davomida delegatsiya a’zolari Suvni tozalash texnologiyalari laboratoriyasi, Polimerlar kimyosi laboratoriyasi, Yuqori temperaturalar va materialshunoslik laboratoriyasi, Biotexnologiyalar laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’lumot o’rnida: Marmara ilmiy tadqiqotlar markazi Turkiyaning Gebze shahrida joylashgan va eng katta ilmiy tadqiqot markazi hisoblanadi.

Joriy yil iyun oyi o‘rtalarida Marmara ilmiy tadqiqotlar markazi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!