Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan ikki ilon tasviri haqida nimalarni bilasiz?


O’zR FA O’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan toshdan yo’nib yasalgan ikki ilon tasviri 1893-yilda Farg’ona viloyatidagi So’x daryosi quyilishida, yer ishlari olib borilayotganda, zamonaviy qatlamdan 1 metr chuqurlikda mahalliy aholi tomonidan topilgan. U taqasimon shakla ega. Qadimda ko’pgina mamlakatlarda ilonga sig’inishgani ma’lum. Afsonalarda, turli xalqlarning xalq og’zaki ijodida ular ikki xil qarashlarda tasavvur qilingan biri-yaxshilik, boshqasi-yomonlik. Yaxshisi ins-jinslardan saqlagan, uyni qo’riqlagan, farovonlikni anglatgan. Ayrim xalqlarda ilon hosildorlik va abadiyat ramzi bo’lgan.

Shu bilan birga tabiatning qora kuchlari, yer osti saltanati va uning yashovchilari ham ilon bilan uyg’unlashtirib yuboriladi – bu o’rinda ilon zulmat malikasi va halokat eltuvchi sifatida namoyon bo’ladi. Shu bois, ko’rinib turibdiki, ushbu tumor yaxshilikning – yomonlik, nurning-zulmat bilan kurashini gavdalantiradi. Tumor xrizotildan, serpentinlarning ma’dan guruhidan yasalgan, uning koni So’xdan 25 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Tumor bir necha bor xorij ko’rgazmalarini bezadi – 1971-yilda Yaponiyada, 1975-yilda Belgiyada (Bryussel), 2003-yilda AQSH (Nyu-York) da namoyish etildi. 2021-yilda esa Fransiyada o’tkaziladigan ko’rgazmada namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!