馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent muzeyi filiali


Qadimdan ma始naviy, dunyoviy, ahloqiy qadriyatlar o始zbek xalqining turmush tarzida, an始anaviy madaniyatida muhim o始rin tutgan. O始zbek xalqi butun tarixi davomida boshqa xalqlar va dinlarga nisbatan bag始rikenglik va hurmat ko始rsatgan. Qadimgi sivilizatsiyalarning viojida respublikamiz hududida joylashgan qadimgi shaharlarning o始rni katta bo始lib, ularning tarixi bugungi kunda butun jahonga ma始lumdir. Shunday tarixiy shaharlardan biri Toshkent bo始lib, asrlar davomida hunarmandchilik va sharq madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Qadimgi va o始rta asr manbalarida Toshkent hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish markazi sifatida shuhrat qozongani qayd etiladi.

foto: Sherzod Ikramutdinov

Buyuk ipak yo始lining gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma始rifat markazlaridan bo始lib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi bo始lmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, go始zal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin shunday katta shahar shu vaqtga qadar o始zining muzeyiga ega emas edi. 袗diblar hiyobonida joylashgan Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo始lgan hududning qadim o始tmishi, urf-odat va an始analari, ilm-fani, madaniyati va san始atini o始zida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to始plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.

 

 

 

foto: Sherzod Ikramutdinov

Muzey ekspozitsiyasining birinchi qavatda “Toshkent – ilm-fan markazi”, “Toshkent – bag始rikenglik shahri”, “袗maliy san始at. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozitsiyalar tashkil etilgan.

Ekspozitsiyaning ikkinchi qavatda oltita (“Toshkent vohasi tosh davrida, so始ngi bronza va ilk temir davri”, “袗ntik davrda Choch”, “Ilk o始rta asrlarda Toshkent”, “Rivojlangan o始rta asrlarda Toshkent”, XIV-XVI asrlarda Toshkent) bo始limdan iobrat bo始lib, u qadimiy ish qurollari, xo始jalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qo始yilgan. Eksponatlarga o始zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qo始shimcha ma始lumotlar taqdim etiladi.

 

foto: Sherzod Ikramutdinov


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!