O始zbekiston shimolidan topilgan VII–VIII asrlarga tegishli tosh stelalar hozirda O’zR FA O’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanadi. O始rta asr davri ko始chmanchilar madaniyati ravnaqi turklarning monumental yodgorliklar san始atida o始z ifodasini topgan.

Ushbu tosh stelalar orqali o始z dunyoqarashini ifoda etishni istagan, ma始naviy qadriyatining atrofdagi o始zga aholi madaniyatidan alohidaligini ta始kidlamoqchi bo始lgan ko始chmanchilar ichki olami yorqin ifodasini topgan deb aytish mumkin. Turklar yaratgan diniy yodgorliklar ularning o始ziga xos tafakkurini, makon va zamondagi o始zligini namoyon etib turadi. U asosan ko始chmanchilar dunyoqarashini ifoda etib, o始z atroflaridagi mahalliy aholidan farqlanuvchi ichki olamini yorqin tarzda aks ettirishga intilgan. Turli yoshdagi odamlarni tasvirlovchi yirik haykallar bo始lib, ular chehralari va gavda tuzilishlari nihoyatda soddaligi bilan farqlanadi hamda yaxlit xarsang toshlardan yasalgan. Tosh stelalar ajdodlar dini bilan bog始liq turk madaniyati yodgorliklaridir. Bu buyumlar halok bo始lgan jangchilar qabrlari ustiga tikka qilib qo始yilgan. Tosh haykallar g始arbda Dnestrdan tortib, sharqda Oltoy va Mo始g始ulistongacha rusm bo始lgan. Sibir, Kavkaz, Qozog始iston, O始rta va Markaziy Osiyo, Yevropaning shimoli — g始arbi va 袗frikada ham uchraydi.