O始zR F袗 Zoologiya instituti tayanch-doktoranti Javlon Yorqulov tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarining Oyoqog'itma, Qora-qir, Zikri, Xadicha ko’llari, Sho’rko’l, Quyimozor va To’dako’l suv omborlarida hamda “Jayron” pitomnigi hududida Zarafshon vodiysining kamyob qushlari monitoringi olib borildi.

Tadqiqot davomida Zarafshon qirg'ovuli, yo’rga tuvaloq, jo’rchi, kichik qorabuzov, qoravoy (karavayka), qizilg’oz (flamingo), kichik oq qarqara, vishildoq oqqush, qiyqirdoq oqqush, qoshiqburun, ukki, marmar churrak, cho始l jiqtog始i, bigiztumshuq, boltayutar kabi noyob qush turlarining tarqalishi,ularning soni, oziqlanishi va ko’payishi bo’yicha yangi ma始lumotlar olindi.
Zarafshon qirg’ovuli jo’jasi Haqqush polaponlari va tuxumi

Qoshiqburun, jiyron qarqara, karavayka va kichik oq qarqaralar koloniyasi
Bundan tashqari, Buxoro viloyati hududida ko’kqarg’a, yashil kurkunak, havorang ko’ktarg’óq, boyo’g’li, haqqush, jiyron qarqara, kulrang qarqara, qizil o’rdak, zag’çha va boshqa ko始plab qushlar ko’payishi va tarqalishiga oid ma始lumotlar to始plandi.

Qoshiqburun tuxumi va polaponlari

Haqqush polaponlari

Kulrang qarqara polaponlari