馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston seysmologik atlasi tayyorlandi


O始zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalarni kartografik jihatdan tasvirlash, zilzila jarayonlarini hozirgi tendensiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini baholash shuningdek, mamlakatimizning seysmik xavfi yuqori bo始lgan mintaqalarida yuzaga kelishi mumkin bo始lgan zilzilalarga qarshi ko始riladigan chora-tadbirlarni rejalash maqsadida O始zbekiston Fanlar akademiyasi G始.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan “O始zbekiston Seysmologik atlasi” loyihalandi va tuzildi.

“O始zbekiston Seysmologik atlasi” 7 bobdan iborat bo始lib, o始z ichiga 70 dan ziyod xaritalarni mujassamlashtirgan. 袗tlasda zilzila jarayonlariga oid xaritalardan tashqari geologik, tektonik va boshqa mavzulardagi xaritalar ham o始rin olgan.

Ta始kidlash joizki, “O始zbekiston Seysmologik atlasi” Seysmologiya institutida turli yillarda faoliyat ko始rsatgan va hozirda o始z faoliyatlarini olib borayotgan olimlarning ko始p yillik ilmiy izlanishlari natijalari asosida tayyorlandi. Mazkur atlasdan nafaqat geologiya, seysmologiya yo始nalishi mutaxassislari, umuman Yer haqidagi fanlar bilan bog始liq yo始nalishlarda tahsil olayotgan magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, professor o始qituvchilar va qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

“O始zbekiston Seysmologik atlasi” mustaqilligimizning 30 yillik yubileyiga bag始ishlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!