Islom sivilizatsiyasi markazi granti asosida amalga oshirilayotgan yana bir loyiha dunyo yuzini ko`rdi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti "Tasviriy va amaliy bezak san’ati" bo`limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori, akademik Akbar Hakimovning "O`zbekiston san’ati tarixi" kitob albomi nashrdan chiqdi.
Kitobda san’atning eng qadimgi dunyo bosqichidan to bugungi O`zbekiston san’ati bosqichigacha bosib o`tgan yo`li hikoya qilinadi. Unda yurtimiz va dunyo muzeylarida saqlanayotgan xalqimiz va millatimizga tegishli barcha san’at javohirlari to`g`risida ilmiy-tarixiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kitob albom Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining san’at bo`limi uchun asosiy nazariy va amaliy qo`llanma bo`la oladi.