Fanlar akademiyasi tizimida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilm-fan targ‘iboti markazi” tashkil etildi.
Markaz - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati fan va texnika sohasidagi yutuqlarini ommalashtirish va targ‘ib etish bilan shug’ullanadi.
Bugungi taqdimotda Ilm-fan fidoyilari, akademiklar va OAV vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilm-fan targ‘iboti markazi” tashkil etishdan maqsad va uning vazifalari roliklar orqali namoyish etiladi. Fanlar akademiyasi olimlari, akademiklar ushbu Markazni bugungi ilm-fan targ‘iboti uchun naqdar muhim ekanligini o‘z nutqlarida ta’kilab o’tishdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilm-fan targ‘iboti markazi” bilan birgalikda Markaz tomonidan yangi formatda, uch tilda nashr etilayotgan “Fan va turmush” jurnalining ilk soni taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
“Fan va turmush” jurnali faoliyatini tashkil etish masalasi:
- Markaz o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, “Fan va turmush” jurnalini nashrga tayyorlaydi, nashr etadi va tarqatadi.
- Jurnal turi – ilmiy-ommabop;
- Jurnal har yili 6 marta uch tilda nashr etiladi. Ayrim hollarda, navbatdan tashqari maxsus sonlari chop etilishi mumkin;
- Jurnalning hajmi А4 formatda, 32 betdan 320 betgachaga bo‘lishi mumkin;
- Jurnalning elektron arxivi shakllantiriladi va u jurnalning rasmiy wеб-saytiga joylashtiriladi.
Markazda bajarilgan ish yuzasidan ilmiy, davlat va mualliflik huquqi hamda qiziqishlarni o‘z himoyasiga oladi.
Taqdimot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Ilm-fan targ‘iboti markazi” va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamkorlik memorandum imzolandi.