O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va 袗rmaniston Milliy Fanlar akademiyasi o始rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki davlat Fanlar akademiyalari faoliyati, hamkorlik istiqbollari, yo始nalishlari muhokama qilindi.
Onlayn uchrashuv davomida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va 袗rmaniston Milliy Fanlar akademiyasi o始rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to始g始risida Bitim imzolandi.

Bitimga ko始ra, ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash, har ikki tomon ilmiy muassasalari o始rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish, ilmiy hamkorlikka ko始maklashish va o始zaro manfaatli sohaarda qo始shma ilmiy ishlanmalarni amaliy tadbiq etish ko始zda tutilgan.
Shuningdek, imzolangan mazkur Bitimga ko'ra, qo始shma ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy va xalqaro grantlar dasturlari uchun qo始shma arizalar topshirish, ikki davlat ilmiy tashkilotlari negizida qo始shma ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, rivojlanayotgan texnopark zonalari doirasida ishlab chiqarish qo始shma korxonalarini tashkil etish, keng ko始lamli ilmiy yo始nalishdagi ilmiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish yoki o始zaro ishtirok etish, ekvivalent olimlar almashinuvini amalga oshirish, talabalar va yosh olimlarning stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy axborot almashish yo'lga qo'yiladi.