Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida yana bitta qo‘shma korxona tuzildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  Navoiy bo‘limi hamda  Janubiy Koreyaning «JongWoo Green So., LTD»kompaniyasi ta’sischiligida  Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yil 15-fevralda yangi  mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE» qo‘shma korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu qo‘shma korxonaning asosiy maqsadi Navoiy viloyati hamda qo‘shni Buxoro va Samarqand viloyatlarida  innovatsion texnologiya bo‘lgan "Gidroponika" usulida tashkil etilgan issiqxonalarda ishlayotgan mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish hamda nazariy bilimlar bilan bir paytda uch gektarlik yangi issiqxonada qurilishi poydevoridan boshlab tayyor holgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olgan tajriba-amaliyotni birgalikda olib borishga yo‘naltirilgan o‘quv-tajriba markazini Fanlar akademiyasi  Navoiy bo‘limi negizida  tashkil etishdir. 

Janubiy Koreyaning  «JongWoo Green So., LTD» kompaniyasi  Seul  universitetining agrofakulteti olimlari ishtirokida Navoiy shahrida hamda  issiqxonalar ko‘p bo‘lgan  tumanlarda sayyor   o‘quv jarayonlarini tashkil etib,  har yili  o‘zbekistonlik 10 nafar iqtidorli agronom-mutaxassislarni Koreya davlatida, «JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE» Qo‘shma korxonasi hisobidan bepul 3-6 oylik  dasturlar asosida malakalarini oshirish hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarni Seul universitetidagi  2 yillik kurslarda o‘qitilishini tashkil etishni rejalashtirgan. 

«JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE» Qo‘shma korxonasining  Nizom jamg‘armasi 800 ming AQSh dollariga teng. O‘zR FA  Navoiy bo‘limi 25%  ulush bilan o‘zining ilmiy-texnikaviy va intelektual salohiyati hamda korxonaning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv xonalarini ajratishi  bilan ishtirok etadi.  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!